“Barselona” klubi hujumçisi Lionel Messi “Bavariya”ga qarşi keçgan yarim final öyinidan keyin öz fikrlarini bildirib ötdi.
"Öyinda özimizga kerakli natijaga erişdik. Lekin, men hali xotirjam bölişga erta deb bilaman. Germaniyada bizni öta qiyin öyin kutadi. Şu ruhda davom etişimiz kerak. Ha, ikkinçi golni urganim yaxşi böldi. Bu gol çiroyli çiqdi ham, uni Boateng eng yaqin joydan turib tomoşa qildi", deydi Messi.
Şuningdek, u Noyyer haqida ham fikr bildirgan.
"Men revanş oldim deb hisoblamayman. Axir Jahon çempionati va YeÇL alohida turnirlar hisoblanadi", deydi argentinalik hujumçi.






