Lionel Messi özining tuğilişi kutilayotgan ikkinçi öğliga Benjamin ismini qöyişga qaror qilgani arab muxlislarni ranjitgan.
Ular Messi öz öğliga Isroil boş vaziri Binyaminniki bilan bir ma'noni anglatadigan Benjamin ismini qöyişini xohlaşmayapti. Ayniqsa, bunday toifa Jazoirda köpçilikni taşkil qilib, ular köçalarga norozilik namoyişi uyuştiriş maqsadida çiqişgan. Bu haqda Algemeiner naşri ma'lum qildi.
Bir hafta oldin Messi instagramida özining homilador rafiqasi Antonella Rokkutstsioning suratini çop etib, surat ostiga "Biz seni kutayapmiz bolakay. Biz seni yaxşi köramiz", deb yozib qöygan edi.
Biroz ötib esa u kutilayotgan çaqaloqqa rafiqasi bilan kelişgan holda Benjamin ismini qöyişga qaror qilişganini ma'lum etgan. Ularning oilaviy dösti Aguero ham öğliga şunday ism bergandi.
Ma'lumot uçun, argentinalik hujumçining birinçi öğli 2012 yilning noyabrida tuğilgan va Tyago ismini olgandi.






