Moskva şahri mutasaddilari “Moy gorod” portalida fastfud taomlari ustidan arz qilişga möljallangan maxsus runk oçişni rejalaştirmoqda. Bu haqda savdo departamenti rahbari Aleksey Nemeryukka asoslangan holda M24.ru sayti ma'lumot bermoqda.
Nemeryukning sözlariga qaraganda, servis yaqin bir neça oy içida oçiladi. Olingan arizalar Rospotrebnadzorning Moskva bölinmasiga yuboriladi; sörovlarga 30 kun içida javob beriladi.
“Fastfud şahobçalarini Rospotrebnadzor yiliga bir marta tekşirişga haqli. Ammo iste'molçilarning talablariga binoan maxsus tekşirişlar ham ötkaziş mumkin. Biz arizalarni portal orqali tezroq va faolroq töplaş masalasini körib çiqamiz”, - deb izohladi yangilikni Nemeryuk.