AQŞ prezidenti Barak Obama Suriya bilan munosabatlarga qöyilgan taqiq muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, prezident Vakillar palatasi spikeri Jon Baynerga şu haqdagi maktubini jönatgan.

"Suriyada saqlanib qolayotgan adolatsiz rejim tufayli bu davlatga nisbatan sanksiyalar ham saqlanib qoladi", deydi Obama.

U bu davlatda hukumat tomonidan aholiga zuğum ötkazilayotgani va inson huquqlari buzilayotganini keskin tanqid qilgan.