7 may filippinlik maşhur boksçi Menni Pakyao operatsiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötdi.
Bu amaliyotni öz vaqtida xuddi şunday operatsiyani Kobi Brayant, Tom Breydi, Vitaliy Kliçko va Andre Bertoda ham ötkazgan maşhur jarroh Nil Elatraşe olib bordi.
Jarrohlik amaliyoti AQŞning Kaliforniya ştati, Los-Anjyeles şahrida bölib ötdi.
Elatraşening ma'lum qilişiça, Pakyaoning jarohati butunlay tuzalişi uçun 4 oydan 6 oygaça vaqt talab qilinadi. Avvalroq uşbu muddat 9-12 oygaça çözilişi mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, Menni Pakyao 2 may kuni Floyd Meyvezerga qarşi ötkazilgan jangga tayyorlaniş vaqtida jarohat olgan, lekin buni boşqalardan sir tutgan holda jangga tuşib, mağlub bölgandi.






