Madridning "Real" jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu ketma-ket ikkinçi yilda ham Forbes naşri versiyasiga köra eng köp haq oladigan futbolçi sifatida zikr etildi.
2014 yilda portugaliyalik uşbu futbolçi 79 mln dollar işlab olgan. Bu esa avvalgi yildagiga nisbatan 6 mln dollar köp böldi. Bu mablağning 52,2 mln dollarlik qismini u jamoadan maoş va mukofot pullari sifatida olgan, qolgan qismi esa reklama şartnomalari orqali kelgan.
Bu röyxatda ikkinçi örinda Lionel Messi nomi qayd etilgan. Uning ötgan yildagi daromadi 70,5 mln dollar (48,5 mln dollarlik qismi maoş va bonuslar, 22 mln dollarlik qismi reklama) böldi. Argentinalik futbolçidan keyingi örinda "PSJ"ning şvetsiyalik hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç 41,8 mln dollarlik körsatkiç bilan uçinçi bölgan. Uning daromadining 35,8 mln dollarlik qismi maoş va bonuslar orqali, 6 mln dollarlik qismi esa reklama orqali olingan.
Quyida bu boradagi kuçli önlik bilan tanişişingiz mumkin.
1. Kriştianu Ronaldu («Real» — 79 mln)
2. Lionel Messi («Barselona» — 70,5 mln)
3. Zlatan Ibrahimoviç («PSJ» — 41,8 mln)
4. Garet Beyl («Real» — 34,9 mln)
5. Neymar («Barselona» — 31,7 mln)
6. Radamel Falkao («Mançester Yunayted» — 31 mln)
7. Ueyn Runi («Mançester Yunayted» — 25,8 mln)
8. Xames Rodriges («Real» — 25, 4 mln)
9. Serxio Aguero («Mançester Siti» — 25,3 mln)
10. Luis Suares («Barselona» — 19,9 mln)