Özbekistonda Google korporatsiyasi Tayvanning HTC kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqqan Nexus 9 planşeti savdolari boşlandi. Mobinfo.uz’ning xabar berişiça, qurilmaning xalqaro taqdimoti 2014 yil oktabrida bölib ötgandi.

Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi ostida işlaydigan planşet Toşkentdagi “Fleşka” (“Malika”) texnobozorida 2,6 million sömdan sotuvga çiqqan.

Ma'lumot uçun, texnik körsatkiçlari böyiça, Nexus 9 bozordagi eng kuçli planşetlardan biridir. U 8,9 dyuymli displey, 4 yadroli Nvidia Tegra K1 çipi, Kepler DX1 grafikasi, 8 megapikselli asosiy va 1,6 megapikselli old kamera, quvvati 6700 mAs ga teng akkumlyator bilan ta'minlangan.