MDHga a'zo davlatlar rahbarlari juma kuni Moskvada norasmiy uçraşuv ötkazişadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov matbuot vakillari bilan bölib ötgan muloqot çoğida aytib ötdi.
Uçraşuvda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Özbekiston prezidenti Islom Karimov, Qirğiziston rahbari Almazbek Atambayev, Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenko, şuningdek, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qatnaşadilar. Bundan taşqari, uçraşuvda MDH ijroçi kotibi Sergey Lebedev iştirok etadi.
Ilgariroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov uçraşuvda MDHga a'zo davlatlarning barça rahbarlari ham iştirok eta olmasligini ma'lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, ayrim rahbarlar iş rejasiga boşqaça tadbirlarni kiritgani bois uçraşuvga kela olmaydi.