Toşkent şahar Çilonzor tumani Botirma köçasida daraxtning bir qismi sinib, ağdarildi. 8 may, 12:36da yuz bergan hodisa natijasida heç kim jabr körmagan.
Daraxtning bir qismi Binkat supermarketi qarşisidagi yozgi qahvaxona ustiga ağdarilib (qahvaxonaning yoğoç panjaralari sinib ketgan), qahvaxona yoniga qöyilgan Spark va Cobalt avtomobillariga qisman zarar yetkazgan.
Şuningdek, daraxtning ağdarilişi natijasida hodisa joyidan ötgan elektr uzatiş simlarini uzib yuborgan. Ayni vaqtda hodisa joyiga texnik xizmat xodimlari yetib kelişi kutilmoqda.
Ma'lumot uçun, 7 may, payşanba kuni Toşkent şahrida kuçli şamol va yoğingarçilik kuzatilgan edi. Bunday ob-havo holati 8-9 may kunlari ham davom etişi kutilmoqda.









