XXR raisi Si Tszinpinning Moskvaga taşrifi çoğida ikki davlat harbiy sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlab, harbiy alyans şakllantiriş uçun strategik hamkorlikni kengaytiradi.

South China Morning Post gazetasida yozilişiça, uşbu alyans AQŞ va Yaponiya ittifoqining mustahkamlanişi bilan boğliq ravişda şakllanib bormoqda.
Moskvada bölib ötadigan uçraşuvlar çoğida Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beriş, “Yagona kamar, yagona yöl” taşabbusini amalga oşiriş singari masalalarda muzokaralar olib boriladi. Şuningdek, XXR rahbari ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan paradda iştirok etadi.
Ötgan hafta Xitoy Mudofaa vazirligi ikki davlatning qurolli kuçlari Örta Yer dengizida harbiy dengiz maşğulotlarini ötkazişini ma'lum qildi. Mutaxassislarning fikriça, bu Xitoy va Rossiya örtasida harbiy alyans şakllanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.