7 may kunida Ostonada, “Qazaq yelі” boş maydonida Vatan himoyaçisi kuni va Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan katta miqyosdagi harbiy parad ötkazildi.
Bu parad Qozoğiston tarixidagi eng katta parad böldi. Unda 5 mingga yaqin harbiy xizmatçi va 200dan köproq qurol-aslaha va harbiy texnika birligi, harbiy aviatsiyaning 70ta vertolyot va samolyoti iştirok etdi.
Qozoğistonning barça burçaklaridan kelgan 260 nafar uruş faxriysi bu tantanali tadbirning faxriy mehmonxonlari böldi. Harbiy paraddan keyin faxriylar turli bayram konsertlarida, Vatan himoyaçilari yodgorligiga gulçambarlar qöyiş marosimida iştirok etdilar, ular uçun şahar böylab ekskursiya taşkil etildi. Ostona, Olma-Ota, Qarağanda, Pavlodar şaharlaridan hamda Olmaota va Janubiy Qozoğiston viloyatlaridan 6 nafar uluğ vatan iştirokçisi Moskvaga Ğalabaning yubileyini nişonlaş uçun boradigan böldi.
Harbiy parad uçta qismdan: piyoda parad qöşinlarning ötişi, mexanizatsiyalaştirilgan kolonnalarning ötişi va havo paradidan taşkil topdi.
Paraddan avval Qozoğiston Respublikasi Davlat bayroği bayroqdor guruhi ötdi. Undan keyin Ğalaba bayroği – 70 yil avval Reyxstag ustida qozoğistonlik maşhur uruş faxriysi Raximjon Qoşqarbayev va uning polkdoşi Grigoriy Bulatov tomonidan örnatilgan bayroqning aniq nusxasi olib ötildi. Jangavor bayroq Qozoğistonga Moskvadagi Poklonnaya goradan olib kelindi.
Qozoğiston prezidenti tantanali safni aylanib çiqdi, qöşinlar Oliy Boş qömondonni qizğin olqişladilar. Nursulton Nazarboyev barça harbiy xizmatçilarni Vatan himoyaçisi kuni va Ğalabaning 70 yillik yubileyi bilan tabrikladi. Bunga javoban parad iştirokçilar uç marta “URA” deb hayqirişgan.
Söngra Uluğ vatan uruşi vaqtidagi harbiy kiyimdagi uçta parad bölinmasi ötdi, ulardan birinçisi 72-gvardiya öqçi diviziyasi jangavor bayroği bilan ötdi. Aynan şu diviziya tarkibida qozoğistonliklar uruş paytida jang qilişgan. Söngra yurişni Qozoğiston Mudofaa vazirligi zobitlari, quruqlikdagi qöşinlar, Havo mudofaasi kuçlari va harbiy-dengiz kuçlarining parad bölinmalari davom ettirişdi.
Paradning ikkinçi qismida mexanizatsiyalaşgan kolonnalar ötdi. Paradning tarixiy qismida harbiy texnika kolonnasiga uruş paytidagi T-34 tanki boşçilik qildi. Şuningdek, paradning tarixiy qismida ZiL-157 yuk maşinasi, tanklarga qarşi ZIS-2 puşkalari, M-30 gaubitsalari, afsonaviy BM-13 reaktiv yalpi öt oçiş tizimi “Katyuşa” ham ötdi.
Harbiy texnikaning zamonaviy qismiga T-72B tanki boşçilik qildi, undan keyin D-30 gaubitsali jangovor maşinalari, “KamAZ” avtomobillari, “Tigr” zirhli maşinalari, “Kobra” razvedka maşinalari va oxirgi yillarda Qozoğiston armiyasi qurollanişida bölgan boşqa zamonaviy harbiy texnika ötdi.










