Toşkentning «Paxtakor» klubida avval işlagan mutaxassis Miodrag Raduloviç Livan terma jamoasini boşqaradigan böldi. U italiyalik Juzeppe Jannini örnini egallaydi. Bu haqda OFKning rasmiy tvitteri ma'lum qildi.

Şu  tariqa 47 yoşli çernogoriyalik mutaxassis Livan termasi bilan JÇ-2018 va Osiyo kubogi-2019 uçun saralaş bosqiçida işlaydi.

Livanliklar "G" guruhida Janubiy Koreya, Myanma, Laos va Kuvaytga qarşi bahs olib borişadi. Raduloviç ilk öyinini Kuvaytga qarşi ötkazadi.

Eslatib ötamiz, Miodrag Raduloviç 2011 yilda "Paxtakor" bilan OÇLning nimçorak finaliga çiqqan. Şundan söng, u Kuvaytning "Kazma" (2012) va "Jahra" (2014) klublarida faoliyatini davom ettirgandi.