Özbekiston Prezidenti sovrini uçun “Taşabbus –2015”körik-tanlovining Qaşqadaryo viloyati bosqiçi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
An'anaviy tanlovda işlab çiqariş, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida taşabbus körsatayotgan, mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş, import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga munosib hissa qöşayotgan 42 tadbirkor, fermer va hunarmand iştirok etdi.
Iştirokçilar orasida tajribali işbilarmonlar bilan birga, intiluvçan va taşabbuskor yoşlar ham köpçilikni taşkil etgani e'tiborlidir.
Çiroqçi tumanidan yakka tartibdagi tadbirkor Aziza Şaripova ulardan biridir. 2014 yili Şahrisabz pedagogika kollejini tamomlagan Aziza tanlovda özi yaratgan milliy gilamçilik mahsulotlari bilan qatnaşdi va “Yilning eng yaxşi hunarmandi” yönalişi ğolibi böldi.
Kitob tumanidagi “Voha mash’ali” mas'uliyati çeklangan jamiyati raisi Sanjar Ğaniyev “Yilning eng yaxşi tadbirkori”, Nişon tumanidagi “Saydaliyev Muhriddin” fermer xöjaligi raisi Muhriddin Saydaliyev “Yilning eng yaxşi fermeri” deb e'tirof etildi.
“Eng yaxşi yoş tadbirkor”, “Eng yaxşi tadbirkor ayol”, “Eng yaxşi innovatsion loyiha muallifi”, “Yoşlarga eng köp iş joyi yaratgan tadbirkor”, “Mening yurtim – mening iftixorim”, “Eng yaxşi eksportçi”, “Eng yaxşi oilaviy biznes sohibi”, “Eng yaxşi mas'uliyatli ijtimoiy şerik” nominatsiyalari böyiça ham ğoliblar aniqlandi.






