Özbekiston yoşlar terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov Qirğizistonga qarşi öyindan keyin mahalliy OAV muhbiri bilan suhbatda Jahon Çempionati haqida öz fikrlarini bildirib ötdi deb xabar berdi the-uff.com.
"Uç kunlik yiğinimiz doirasida Qirğizistonga qarşi öyin rejalaştirilgandi. Raqibimiz safida bizdan katta yoşdagi futbolçilar öynaşadi. Bugungi bahsga jiddiy tarzda yondoşdik. Bugun birinçi bölimda yaxşi öynadik. Ikkinçi bölimda esa xotirjamlik deya olmayman, oddiy qöpol xatolar sodir böldi. Birinçi gol ötkazib yuborilgan vaqtda markaziy himoyaçilarimiz töpni yöqotişdi. Ikkinçi golga kelsak, Akrom Komilovning qöpol xatosidan söng penalti belgilandi. Yigitlar bilan uşbu xatolarni körib çiqamiz, tayyorgarlik jarayonida bu tabiiy holat", - deydi Ravşan Haydarov.
"Uşbu yiğinda ikki nafar asosiy futbolçimiz iştirok etmadi. Javohir Sohibov va Odil Hamrobekov öz klublari safida OÇLdagi muhim öyinlarda iştirok etişdi".
"Jamşid Boltaboyev jarohati tufayli mundialga bormasligi aniq böldi. U hali individual tarzda ham maşğulotlarni boşlagani yöq. Boltaboyev yarim himoyada ijodkor futbolçi hisoblanadi. Biroq uning örnini bosadigan öyinçilar topiladi deb öylayman".
"11 maydan Toşkentda navbatdagi yiğinni boşlaymiz. Bu yiğin doirasida "Oq-tepa" bilan örtoqlik uçraşuvini ötkazamiz. 19 mayda yurtimizdagi yiğinni tugatamiz. 20 mayda yölga çiqamiz, 22 mayda Yangi Zelandiyaga yetib boramiz. 2 kun ötgaç Vellingtonda Panamaga qarşi örtoqlik uçraşuvini ötkazamiz. 28 may kuni Kraystçerç şahriga yetib boramiz. Aynan öşa yerda Gondurasga qarşi ilk uçraşuvimizni ötkazamiz".
"Jahon çempionatiga boradigan tarkibni şu kunlarda e'lon qilaman. Lekin jamoaning özagi deyarli aniq. Yiğinda 21 nafar futbolçi qatnaşdi. Sohibov va Hamrobekovni qöşsak 23 nafar böladi", deya söziga yakun yasadi Haydarov.
Eslatib ötamiz, yoşlar örtasidagi jahon çempionatiga 30 may kuni start beriladi.






