Rossiya Mudofaa vazirligi mol-mulk munosabatlari departamentining sobiq rahbari Yevgeniya Vasileva sud tomonidan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga mahkum qilindi. Jazo umumiy rejim koloniyasida ötkazilişi belgilandi. Şuningdek, u 2013 yil may oyidan bugungi kunga qadar uy qamoğida saqlangani belgilandi.
Sobiq amaldor xonim 12 jinoiy epizodda gumon qilinayotgan edi; ulardan 8tasida aybdorligi isbotlandi. Hukmda ta'kidlanişiça, 2010 yil fevralda mansabni egallagan Vasileva davlat mulkini talon-toroj qilişga kirişgan. Buning uçun u sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov bilan va devon rahbariyati bilan jinoiy til biriktirgan.
Bundan taşqari, sud Vasileva pullarni “yuviş” işlarini ham amalga oşirganlikda aybdor deb topdi.