Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining sport-soğlomlaştiriş majmuasida örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari öquvçilari örtasida kuraş musobaqasi ötkazildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

9 may – Xotira va qadrlaş kuni hamda Keksalarni e'zozlaş yiliga bağişlab taşkil etilgan musobaqada 20dan ortiq ta'lim muassasasi öquvçilari ğoliblik uçun kuç sinaşdi.

Vazni 55 kilogrammgaça bölgan yoş polvonlar bahsida Navrözbek Qadamovga teng keladigan topilmadi. Eldor Mahkamov ikkinçi, Oybek Sodiqov uçinçi örinni egalladi.

65 kilogramm vazn toifasida iştirok etgan Şerzod Omonov barça raqiblarini yengib, şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Abbos Qahhorov kumuş, Şerzod Tursunboyev bronza medal bilan taqdirlandi.

Musobaqaning vazni 71 kilogrammgaça bölgan polvonlar bellaşuvida Behzod Panjiyev oltin medal bilan taqdirlandi. Javohir Qosimov kumuş, Şerzod Abdusattorov bronza medalni qölga kiritdi.

Ğolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.