Toşkentning Uçtepa tumanida joylaşgan “Boğobod” mahallasi raisi B. Qosimov mehnat fronti faxriysi, 96 yoşli qariya ayolga mahalla qömitasi nomidan tez tayyorlanadigan lağmonlar (lapşalar) berilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Mahalla qömitasining sözlariga köra, uşbu lapşalar şu mahallada istiqomat qiluvçi tadbirkor tomonidan, öz taşabbusi bilan 50 oilada istiqomat qilayotgan qariyalarga tarqatilgan va bunga mahalla qömitasining aloqasi yöq.

Avvalroq, Facebook’dagi “Jamoatçilik nazorati” guruhida bir ayolning bobosiga 9 may kuni munosabati bilan sovğa sifatida bir neça qadoq lapşa taşlab ketişgani haqida jahl bilan xabar qoldirilgandi. Mahalla qömitasining aniqlik kiritişiça, sovğa murojaatçi ayolning bobosi emas, buvisiga berilgan; murojaatçi keyinroq Facebook’dagi postini öçirib taşlagan.

B. Qosimovning qöşimça qilişiça, Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan mahallaning ikki fuqarosiga televizorlarga sovğa qilingan, yaqin vaqt içida mahalladagi har bir faxriyga munosib sovğalar beriladi. Hozirgi vaqtda “Boğobod” mahallasida 28 nafar mehnat fronti, 2 nafar uruş faxriysi istiqomat qilmoqda.