Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Qirğizistonning taşkilotga qöşilişini ma'qulladi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "RIA Novosti".

“Şubha uyğotgan hamma savollar hal böldi va biz bugun Qirğizistonning bizning ittifoqqa qöşilişi böyiça hujjatni qabul qilmoqdamiz va bu bilan sizni tabriklayman”, deb aytdi Nazarboyev.

Nazarboyev, şuningdek, YeOII Vetnam bilan erkin savdo hududi taşkil etiş haqida kelişuv imzolaşni möljallayotganini ma'lum qildi.

Nazarboyevning aytişiça, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon va Möğiliston davlatlari ham YeOII bilan iqtisodiy hamkorlik böyiça kelişuvga öz qiziqişlarini bildirib ötdi.

Qozoğiston prezidenti ittifoq a'zolaridan bu taklifni körib çiqişni söradi.