Express naşrining nomi körsatilmagan manbalarga tayangan holda ma'lum qilişiça, futbol böyiça Rossiya terma jamoasining boş murabbiyi Fabio Kapello maoş tölaşning keçiktirilişi uçun Rossiya tarafdan 9 mln rubl miqdorida jarima puli olgan. Bu Futbol ittifoqiga mehnat inspetsiyasi tomonidan joriy qilgan sanksiyalardan biri edi.
Eslatib ötamiz, oxirgi kunlarda Rossiya futbolida Kapelloning maoşi borasida janjal kelib çiqdi. 7 may kuni uning öğli va agenti Perfilippo yevro va rubl kursidagi farqni rökaç qilib, Rossiyani kam maoş tölaşda aybladi. Şundan söng Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti Nikolay Tolstix va Fabio Kapello matbuot orqali özaro bahsga kirişişdi. Olib borilgan mehnat inspeksiyasi natijasida Rossiya körsatilgan miqdorda jarima tölaydigan böldi.