Xalqaro soğliqni saqlaş taşkilotining xabar qilişiça, Liberiyada avj olgan Ebola virusi epidemiyasi ustidan ğalaba qilingan. Bu haqda taşkilotning rasmiy bayonoti e'lon qilindi.
Hujjatda aytilişiça, oxirgi zararlaniş fakti olti hafta muqaddam qayd qilingan.
Ebola virusi epidemiyasi Liberiyada 4.7 ming kişini bu hayotdan olib ketdi. Bu kasallikdan qöşni davlatlar bilan hisoblaganda 11 ming kişi vafot etdi.