Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning 11 yoşli öğli Minskda bölib ötgan paradga Oliy Boş qömondon libosida keldi.
Mahalliy matbuotda qayd qilinişiça, Lukaşenko kiçik öğlini harbiy tadbirlarga tez-tez olib kelib turadi. Jumladan, 2013 yili ötkazilgan paradga u ham, öğli ham marşal libosida kelgan edilar.
Eslatib ötamiz, Minskda ğalabaning 70 yilligiga bağişlab ötkazilgan paradda 5 ming harbiy xizmatçi va 250 harbiy texnika birligi iştirok etdi.