“Kamp Nou”dagi superöyindan söng Leonel Messi futbol ommasini larzaga soldi. Internet olami Messi nomi bilan “portladi”. Ikki golni gapirib ötiriş şart emas. Jahon çempionatida qolib ketgan alamlarini tökib soçdi Leo. “Özga sayyoralik”ning xatti harakatidan hayratga tuşgan bir qator taniqli kişilar ham ajoyib ta'riflarini taqdim etişdi. Ana şu intervyulardan biri braziliyalik sobiq yulduz Leonardoga tegişli.
“Milan”ning gullagan davrlarida faoliyat yuritgan Leonardo “Messini Diyego Maradonadan kuçli”, deb e'lon qildi. Va buni u “fakt” bilan izohladi. Butun futbol ommasi argentinalik iqtidor egasining bugungi sport formasiga hayratlanib turganida, bu gap tabiiydek qabul qilindi va köpçilik uşbu fikrga qöşildi ham. Lekin bu sarmastlik ozgina tarqagaç, braziliyalik mutaxassisning gapini tahlil qiluvçilar köpaydi.
Leonardo bir paytlari “Milan”da öynagan va Maradonaning afsonaviy öyinlarini körgan şaxs sifatida bu sözlarni gapirişga haqli, albatta. Biroq, yaxşilab öylab körsam, bu fikr aslida neçoğliq töğri, undagi asos mezoni qançalik kuçli, degan savollarga javob izlaşga kirişdim. Javobni oddiy usulda izlasam ham bölardi. Nimagadir boşqaçaroq yondoşişga qiziqdim. Uni bir paytlari “Futbol”, Çempion” gazetalarida keng qöllangan “HA, YÖQ” javobi orqali taqdim etişni öylab qoldim. Muzaffar Mirzabekovning radioeşittirişida işlatilişi mutlaqo mumkin bölmagan bu ikki söz orqali, sarlavhamizda qöyilgan savolga javob topişga urinib köraman. Ikki tomon qanday izohlayotganiga quloq solib körasiz, azizlar!
HA Nega “Ha” bölmasin? Messining öyinini köryapsizlarmi özi? Olayotgan kuboklari, erişayotgan yutuqlari va gollari sonini bilsangiz kerak har holda. Moziyga qaytib iş körişga haddan taşqari şönğuvçilar Maradonaning onda-sonda amalga oşirgan buyuk işlarini rökaç qilib, “özga sayyoralik” yulduzni undan pastda körişga intiladilar. Aslida esa qanday?
Maradona Argentina terma jamoasi tarkibida zör öynagan, buni inkor qilmaymiz. Biroq, Messi ham bu borada öz iqtidorini körsatib qöydi. Jamoaviy öyinga ixtisoslaşgan va öta kuçli futbol namoyiş etgan raqibga yengilmagunça, yölidagi hamma jamoani yer tişlatişda iştirok etdi. Eng qiyin paytlarda jamoa yetakçisi böla oldi. Töğri, xarakter e'tibor bilan Diyegoga öxşab yetakçilikni namoyişkorona körsatmas, ammo bugungi Argentinaning yetakçisi aynan u ekanligini hamma kördi. Raqib juda kuçliligini hisobga olib (Braziliyani nima qilib taşlaganini kördingiz!) Messi mundialda ham namunali öyin körsata oldi, deyişga asoslarimiz yetarli.
Vaqti kelganida, Maradona ham yengilgan öşa Germaniyadan mağlubiyat qabul qilindi, lekin xuddi Maradonaga öxşab kelajakda yengişi ham mumkin. Leo - hali yoş. Şu bois, terma jamoadagi soliştiruvlarda ham Messi Maradona darajasiga kötarilib böldi, deyişga asoslarimiz yetarli. Ayting-çi, Maradona davridan keyin kim jamoani şu qadar qölga ola bildi va mundial finaligaça yetaklab kela oldi? Heç kim. Faqat Messi!
Terma jamoa masalasini gaplaşdik. Klublardagi faoliyat va yil öyinçisi masalasidagi holatlarda Maradona tomonidan turib gapiradiganlar heç narsa qila olmaydilar endi. Agar faoliyatidagi gollar borasida gap ketganida, Messi mutlaq ustozini ortda qoldirişi turgan gap. Va eng muhimi, Messidagi buyuklik uning eng yuqori nuqtada qariyb ön yillar davomida bir xil, özgarişsiz, stabil öynayotganligidadir. Buni tan olmaslikning iloji yöq. Har hafta Messi gol uradi, har hafta dunyo ahli uning yangi bir fintini köradi. Har hafta! Ön yildan beri, tasavvur qiling! Bu nima? Fantastika bölmay, nima?
Messi futbol tezlaşgan davrda, himoyaçilar butunlay boşqaça uslubda öynayotgan oğir şaroitlarda va dunyoning eng kuçli çempionatida öynayotganligini hisobga olsak, har hafta bu işlarni amalga oşirişi buyuklikdan özga narsa emas. Odamlar Messining bu işlariga örganib qolişdi. Maradona esa bunday işlarni yilda bir, vaqti kelsa, ikki yilda bir qilgani uçun öşanda qattiq qadrlaşgan. Leo esa bunday harakatlarni oddiylik darajasiga tuşirib qöydi. Bölsa, uning “aybi” şu!
Va nihoyat, 4 marotaba “Oltin töp”ni qölga kiritişi. Hatto mundiallar va Yevropa çempionatlari ötkazilgan yillarda ham uni indamay qölga kiritişi, işonavering, daholigidan darak. Murabbiylar ahmoq emaslar. Ular Messining yil davomidagi “sehrli” öyinlarini kuzatişgan va öz anketalarida ilojsiz “LeO” deb yozişgan. Ularni heç kim majburlamagan. Ular futbolni çuqur tuşunganlaridan, öz jamoalarida kimni köproq körişni istaganlaridan aynan Messi variantiga kelib, tört bora töxtab qolaverişgan. Messi ularni şu işga majbur qilgan. Özining superöyinlari bilan, butun futboldan ustunligi bilan.
Suares, Neymar singari har davrda daho böla oladigan yulduzlar uning soyasida qolib ketayotgani ham yaqqol körinmoqda. Hozir Inesta va Xavi bilan emas, şular bilan ham yuksak öyin körsatmoqda Messi. Şuni ham inobatga olib qöying “Leoni eski barsaçi jöralarisiz heç narsa qila olmaydi” deydiganlar.
“Barsa”ning har öyiniga qarang. Suares va Neymar uning bir özi qilgan işini takrorlab, unga ulgura olişmayapti. Messi buni xuddi heç narsa bölmagandek, oddiy yumuşdek amalga oşirmoqda. Bu nima? Bu fantastika bölmay, yana nima bölişi mumkin? Şu bois, Leonardo töğri aytgan: “Messi Maradonadan kuçli, endi kuçli... Bunga qöşilmaslikdan boşqa çorangiz yöq!”
YÖQ Messi hali Maradona darajasiga çiqa olmagan. Bizningça, çiqa olmaydi ham. Çunki Diyegodagi matonat, uning gollaridagi did, muhimlik eng yuqori çöqqiga çiqqan. Messini bugun maqtayotganlar uning gollari soniga, olgan sovrinlari soniga e'tibor qaratişmoqda. Bu masalada ehtimol u ustozini ortda qoldirar. Biroq, futbol tahlili, yulduzlik darajasi sonlarga qarab olinmaydi. Messi heç qaçon Maradona siymosiga yeta olmacligining eng asosiy jihati ham qayerda öynaşiga boğliqligi bilan izohlanadi. Leo yoşligidan “Barsa” yulduzi, butun jamoa uning iqtidoriga qurilgan. Uning hayoti bu klub bilan çambarças boğliq. Yöq, bu uning sadoqatidan emas, balki Messining bir jamoa uslubiga qorişib ketganligidan. Messining “paçkalab” urib taşlayotgan gollarini tahlil qilsangiz, juda köpi raqib jamoa butunlay sindirilgan paytda kiritilganligini körasiz. Bu avvalambor “Barselona” tarkibining juda kuçliginini körsatsa, ikkinçidan yetakçilik hatto şu jamoada ham yillar davomida asosan boşqalarning qölida bölganligini körsatadi.
Har yili La-liga öyinlari tugagaç, Messi va Ronalduning urgan qirqlab, elliklab gollarini olib taşlab, turnir jadvali tuzilganiga köp bora közingiz tuşgan. Bu ikki dahoning gollari köp ham oçko keltirmaganini ham körgansiz. Inkor etmaysiz. Demakki, juda köpi raqib yançib taşlangan paytlari kiritilgan. Töğri, bu borada Messi Ronaldudan foydaliroq, ammo keçirasizu, Maradonadan emas.
Messi zamonaviy robotlaşgan futbolning yaqqol namunasiki, uni faqat bir jamoada buyuk holda köramiz. Hatto klub darajasida ham Messi eng qiyin paytda va ayniqsa, jamoa kuçsiz holda qolganida heç narsa qila olmasligi köp bora tasdiqlangan.
Gap yöq, u stabil. Ön yillar davomida bir xil futbol körsatadi. Bunga qöşilamiz. Messi bugungi futbolçilar içida daho. Bugungilar içida qirol. Ha, faqat bugungilar içida. Uni tarixni yiğlatgan daholar bilan soliştirişda, öşa daholarni daho qilgan eng asosiy jihatni esdan çiqarib qöymaslik kerak. Xöş, bu jihat nima?
Maradonani eslaganda yo hozirda öyinlarini körganimizda, uning oltin harakatlari biror bir libosda özgarmaganiga guvoh bölamiz. “Barsa”da bir yil öynagan Maradona ham şu, Argentina termasidagi Maradona ham şu, “Napoli”dagi Maradona şu! Messini zör deguvçilar Maradonaning buyuk işlari onda-sonda qilganligini aytişadi. Töğri. Onda-sonda qilgan. Lekin qanday işlarni? Gap şunda. Futbolçining asl yuzini belgilab beradigan Jahon Çempionatlarida qilgan. Tragediya... Drama... Melodrama... Triller... Jamiki janrlarni körişingiz mumkin uning mundiallarida!
Uning klubdagi faoliyatiga nazar taşlasak ham, Messidan zörligi yaqqol közga taşlanadi. Leo köp gol urgan öyinlarda, albatta, juda köpida, butun “Barselona” porlagan böladi. Jamoaning öyini yulduzli bölgan davrlarda Messining ham öyini çiqadi, buni statistika ham aytib turibdi. Şu bois bölsa kerak, Leo faoliyatiga bağişlangan 400ta golni körib ham, gollardan keyingi keçagidagidek “şaytonlab” nişonlaşlarni deyarli körmaymiz... YeÇL finallari, El Klassikodagi gollari va Eronga urgan JÇdagi golida şu manzara guvohi bölganmiz. Ana şu ehtiros Leo faoliyatida juda kamligi bois ham, Noyyerga urilgan keçagi ikki goli sal bölmasa ilohiylaştirilmoqda bugun. Şarhlovçi ham aytdi, biz kamdan kam körganmiz Messining bunday nişonlaganini, deb. Ha, çunki uning gollari, aksar gollari kimga va qaysi holatda urilganini aynan Leo yaxşi biladi. Odam hissiyotidan kelib çiqib nişonlaydi golni. Endi tuşungandirsiz nimaga “şaytonlab” qolganini”?!
Maradona faoliyatida esa deyarli har bir gol şunday ehtiros bilan yonma-yon keladi. Har bir gol!!! Raqamlarni rökaç qilavermang, ruhiyat, saviya va muhimlik e'tibori bilan gapiring, iltimos. Istaysizmi, istamaysizmi, Maradonaning Angliya darvozasiga urgan ikki goli asr uçun mezon vazifasini ötab turaveradi. Istaysizmi, istamaysizmi, futbol olamining eng katta korruptsionerlari qarşi turganida, Diyego ularga bir özi temir irodasi bilan turib berganligi, futbol degan sport turining durdonalaridan biri bölib qolaveradi. Xohlaysizmi, yöqmi, Maradona mana şu “onda-sonda” amalga oşirgan işlari bilan Peledan keyingi daho deb hisoblanaveradi.
Futbolçi faoliyatini tugatganidan söng gollar raqami bilan emas, ana şu buyuk extiroslar bilan eslanadi. Ana öşa paytda bugun Leoni Maradonadan zör deb öylayotganlar qattiq adaşganlarini sezib qoladilar. Gap sonda emas, sifatda ekanligi, ruhiyat va saviyada ekanligini “sezib qoladilar”.
Maradona oddiy yulduz emas. U buyuk şaxs. Uning öyinida, maydondagi harakatida buyuklik yaqqol ufurib turadi. Uning daholigi atrofida heç kim heç narsa qila olmagan paytlarda sezilgan. Leoda esa aksinça. U yulduzlar davrasida yulduz. Bir özi qolganida heç kim emas. Heç kim. Buni u mundiallarda va “Barselona”ning çöloqlanib qolgan davrlarida isbotlab kelmoqda. Bu uning xarakteriga ham boğliq, deb öylaymiz. Messi tabiatan lider emas. U yulduzlar içidagi eng ertatoy daho. JÇ öyinlarini kuzatgan bölsangiz, Messi jamoa sardori boğiçini nomiga taqib olgani körinib qoldi. Asosiy sardorlik işlarini Di Mariya bajarib yurdi - hakam bilan gaplaşgan ham u, raqiblar bilan kelişuvlarda asosan u. Messining tabiatida “ikkinçi” planda öynaş xususiyati şakllangan. Yöq, bu bilan u ikkinçi hisoblanmaydi. Balki jamoa uning uçun öynaydi, u jamoa uçun emas. Maradonada aksinça. Buni hamma körgan.
Töğri, ba'zi holatlarda, xuddi keçagi öyindagidek, Messi ham jamoasini muhim goli bilan qutqaradi. Lekin bu köpçilik ta'kidlayotgandek, stabil holatda emas. Maradona esa faqat va faqat muhimlik pallasida buyukligini körsatgan. Bu uning şaxsiyati va xarakteriga singib ketgan jihatdir. Mana şu e'tibordan olganda, Messi kelajakda ham Maradona örnini bosa olmaydi, deb öylaymiz. Çunki Leo harakat qilsa ham özgara olmaydi. Şu. Uning daholigi aynan şu nuqtada. Buyuk jamoaning eng buyuk yulduzi. Futbol olamining istalgan nuqtalarida öz sözini aytgan Maradona esa umumfutbolning buyuk yulduzi. Şu bois bölsa kerak, Maradona ketgaç, endi-endi Argentina terma jamoasi öziga keldi. Öziga kelganda ham, öziga xos bölmagan “katinaççio”ga öxşaş uslub bilan öziga keldi. Messidek daho ham öşa uslubga singib ketdi. Bu yer “Barsa” emasdi, bu yer terma jamoa edi.
2014ning finalidagi Messi va “Bavariya”ga qarşi Messi. Tan olaylik, katta farq bor. Bugun raqibdan kuçliroq bölgan jamoada porladi u. Bir yil oldin esa teskarisi edi. Öşanda maydonda borligini sezganmidingiz uni? Aynan mana şunday nuqtalarda Diyego Maradona porlagan. Inkor qila olmaysiz. Klub libosi bilan terma jamoa libosida bir xil öynay olişda futbolçining salohiyati yaqqol sezilib qoladi. Maradonadan keyin bu salohiyat faqat fransiyalik Zidan va braziliyalik Ronaldolarda közga taşlangan xolos.
Iltimos, futbolni raqamlar bilan tahlil qilmang. Futbol ham hayotga öxşaydi, xotiralarda arzirli, har qanday köngilni titratib yuboradigan voqealar bilan esda qoladi. Bugun klublar öyinini körib zavqlanayapsiz, ertaga esdan çiqsa va yillar ötib, qalbingizni larzaga soluvçi öyinlarni körişni qumsasangiz, aminmizki, Maradonaning Leodan ança kuçli bölganini his qilasiz. Hozirça sarmastsiz. Hozirça Messini qirol, deb öylayapsiz. Naçora!
... Mana şunaqa gaplar. Men bu sözlarning köpini töqimadim. Deyarli biladigan sözlarimni ikki tomon vakillaridan eşitganim uçun yozdim. Imkon qadar xolis yozişga urindim. “Kim haq, kim nohaq?” degan savolga esa javob izlamayman. Çunki bu masalada javob yöq. Ikki tomonning tahliliga qarasangiz, ikkisi ham turli tomonlardan yondoşişmoqda masalaga. Tabiiyki, bunday uslubdagi tortişuvlarda ğolib topilmaydi. Men boşqa narsaga e'tibor qaratmoqçiman, azizlar!
Men Messiga xursandman. U ana şu tortişuvlarga zamin yaratdi. U özini Maradona bilan soliştirişlariga majbur etdi. Mayli, qanday holda bölsa ham MAJBUR ETDI! Kuçli jamoada öynaydimi, jamoaning erkatoyimi, baribir uni futbol qirollari bilan taqqoslaşmoqda. Oldin Ronaldo va Zidanlarni Maradonadan zör deb jur'at qilgan odamni eslay olmayman. Demak, Maradona ulardan ança ustun sanalgan. Hozir-çi, futbol ommasiga ikkiga bölingan. Kimsan DIYeGO ARMANDO MARADONA bilan soliştirişmoqda, hatto undan kuçli, deyişmoqda. Demak, Leo jim yurib, butun dunyoni şu masalada jiddiy öylaşga unday oldi.
Ha, azizlar, Maradonaning özini ham maydonda öynab yurgan paytlari Pele bilan soliştirişgan va futbol ommasi bu masalada xuddi bugungidek ikkiga bölinib qolgan edi. Ustozdan ötmagan şogird şogirdmi?
Biz hali faoliyatini tugatmasidanoq qirollikka da'vogarlik qilayotgan buyuk iqtidor egasi bilan zamondoşmiz, azizlar! Uning öyinlaridan zavqlanişda davom etamiz. Balkim, “ha”çilar orzu qilganidek, terma jamoada ham Leonel Messi Maradona qayd etgan natijani takrorlab qolar. Balkim, öşa ehtiros borasida ham Leo çöqqiga çiqa olar. Ana öşanda bu tortişuvlarga aniqki, yakun yasaladi. Hozirça esa, tortişuv egalarini öz fikrlarida qolişlariga çorlaymiz. Birovning fikrini hurmat qiling va öz fikringizni ham ikki karra e'zozlang! Salomat böling!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi