Moskva şahrida Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan parad yakuniga yetdi. Tadbir köplab telekanallar orqali töğridan-töğri efirga uzatildi, şuningdek, matbuotda yoritib borildi.
Paradda jami 16.5 ming harbiy xizmatçi iştirok etdi. Şuningdek, paradni kuzatiş uçun Moskvaga 30 ga yaqin davlat yetakçilari, xorijiy davlatlar vakillari va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, jumladan, BMT boş kotibi Pan Gi Mun taşrif buyurdi.
Parad söngida Rossiya prezidenti va Oliy Boş qömondoni Vladimir Putin paradda şon-şuhrat marşida iştirok etgan harbiy qismlar komandirlari oldiga çiqib, ular bilan söraşdi va bayram bilan qutladi.













