Moskva şahrida Ikkinçi Jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan parad bölib ötmoqda. Tadbir Rossiyaning barça asosiy telekanallari orqali yoritilmoqda.
Rossiya Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Şoygu Rossiya prezidenti, Oliy Boş qömondon Vladimir Putinga paradga hozirlik töğrisida hisobot bergandan söng davlat rahbari barça iştirokçilarni tabriklab, qisqaça nutq sözladi.
Öz çiqişida Putin ayni kunlarda butun dunyoda “kuç işlatiş va blok tafakkuri” avj olib borayotganini aytib ötdi.
“Biz bir qutbli dunyo yaratişga bölgan harakatlarni körganmiz. Kuç işlatiş va blok tafakkuri avj olib borayotganini körmoqdamiz. Bularning bari dunyo taraqqiyoti barqarorligiga ziyon keltirmoqda”, - dedi Rossiya yetakçisi.