Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeOII davlatlari yetakçilari yiğilişida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi monetar siyosat sohasida yaqindan hamkorlik qilişni öylab körişi kerakligini aytib ötdi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Monetar siyosat sohasida yaqindan hamorlik qilişni öylab köriş kerakligini taklif qilaman. Birgalikda harakat qilib, davlatlarimizning markaziy banklari valyuta kurslari tebranişining salbiy ta'siriga qarşi samaraliroq kuraşişi mumkin böladi”, deb aytdi Putin.
Putin “monetar siyosatdagi kelişilgan harakatlar iqtisodiyot sohasidagi integratsion jarayonlarga asoslangan bölişi kerakligini” ta'kidlab ötdi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo hamkorlik ittifoqi va “Ipak yöli iqtisodiy kamari” Transevroosiyo savdo-infratuzilmaviy loyihasi doirasidagi hamkorlik kelajakda butun qit'ada umumiy iqtisodiy hududning şakllanişiga olib kelişi mumkinligini aytgan edi.






