Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Nöğayyurt tuman içki işlar bölimi rahbari Najud Guçigovga hali maktabda öqiydigan 17 yoşli qizni ikkinçi xotin sifatida nikohiga olişiga ruxsat berdi. “Novaya gazeta”da yozilişiça, bu masalani Qodirov mahalliy televideniye efirida “hal qilgan”.
Qodirov töğridan-töğri efir çoğida qizning ota-onasining munosabatini aniqlaşni topşirgani, ularning bu nikohga qarşi emasligi ma'lum bölgaç, öz ruxsatini berganini ma'lum qilgan.
Gazetaning eslatib ötişiça, Guçigov 57 yoşda. Endi 17 yoşli Xeda Goylabiyeva uning ikkinçi turmuş örtoğiga aylanadi. Töy 10 may kuni bölib ötadi.