Turkiyaning sobiq prezidenti Kenan Evren 97 yoşida vafot etdi. Bu haqda Milliyet naşri xabar bermoqda.
Kenan Evren prezidentlik lavozimini 1982-1989 yillarda egallab turgan. 2014 yilda u 1980 yilgi davlat töntarişidagi iştiroki tufayli umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Uşbu töntariş Turkiya tarixining eng qonli sahifalaridan biri hisoblanadi; töntariş natijasida hokimiyatni egallagan kuçlar minglab odamlarni qiynoqqa solgan va qatl qilgan.