"Bavariya" va "Barselona" jamoalarining YeÇL yarim finali doirasidagi javob uçraşuviga Mark Klattenberg hakam sifatida tayinlandi.

12 may kuni bölib ötadigan bu öyinda unga qanotlarda Saymon Beyk va Jyeyk Kollin yordam beradi. Darvoza ortidagi hakamlar sifatida esa Entoni Teylor va Andre Marriner xizmat qiladi. Öyinning törtinçi hakami vazifasi esa Styuart Bertga topşirilgan.

Eslatib ötamiz, jamoalarning ilk öyinida kataloniyaliklar 3:0 hisobida ğalaba qilişgan. Javob uçraşuvi Toşkent vaqti bilan 14 may kuni 23:45 da Myunxendagi "Allyans Arena"da boşlanadi.