Belarus va Xitoy ikki davlat örtasida savdo-sotiq hajmini ikki marta oşirişni közda tutuvçi kelişuvlar paketini imzolaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda BelTA agentligi xabar bergan. 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uçraşuv davomida şunday bayonot bilan çiqiş qildi. 

Bundan taşqari, Xitoy va Belarus döstlik va hamkorlik haqida kelişuv imzolaydi.

“Bu tarixiy hujjatdir. U bizning strategik hamkorligimizning yuqori darajasini yana bir bor ta'kidlaydi va ikki tomonlama munosabatlar rivojlanişining asosiy yönalişlarini belgilaydi”, deb aytdi Lukaşenko.

Davlatlar texnologiyalar va ilmiy-texnik innovatsiyalar almaşiş sohasida ham hamkorlikni kengaytirişni rejalaştirmoqda.