Rossiya va AQŞ taşqi işlar vazirlari Sergey Lavrov va Jon Kerri 12 may kuni Soçida uçraşadi. Bu haqda RIA Novosti agentligi ma'lumot berdi.
Ma'lum bölişiça, uçraşuv çoğida Ukraina, Yaman, Suriya va Erondagi vaziyat muhokama qilinadi. Ta'kidlanişiça, uşbu xalqaro muhokamalar borasida oçiq fikr almaşiladi.
Kerri uzoq vaqtdan beri Rossiyaga taşrif buyurişni orqaga surib yurgan edi. Uning nihoyat kelişga qaror qilgani rossiyalik mutaxassislarda ijobiy fikr uyğotmoqda.






