Özbekistonlik Vladislav Polyunin va Safina Sa'dullayeva ayni kunlarda Qatar poytaxti Dohada bölib ötayotgan ösmirlar orasida yengil atletika böyiça Osiyo çempionatida ğolib böldi va Özbekiston terma jamoasi hisobiga ilk medallarni yozib qöyişdi.    

Vladislav Polyunin nayza uloqtiriş böyiça 79,11 metrlik natija körsatib, çempion bölgan. Yana bir hamyurtimiz Aleksandr Sveçnikov şu tur böyiça62,22 metrnatija bilan 4-örinni egalladi.Safina Sa'dullayeva esa balandlikka sakraşda1,71 metrnatija bilan ğolib böldi. Yana bir hamyurtimiz  Şahnoza Boyjigitova Safinaga bor-yöği3 santimetrboy berib, 5-örinni egalladi.  Yana bir yoş sportçimiz Jaloliddin Hamroqulov 200 metrga yugurişda yarimfinalda özining avvalgi natijasidan tezroq yugurib, 22,30 soniya bilan final bosqiçiga yöllanma oldi. Bu tur böyiça final 11 mayda bölib ötadi.

Şu sportçimiz 100 metrga yugurişda 11,02 soniya natija körsatib, bu turda ham final bosqiçiga yettinçi natija bilan yöllanma oldi. Dmitriy Pupko uç xatlab sakraşda14,23 metrnatija bilan 5-örinni egalladi.Anna Şimanis 200 metrga yugurişda 26,41 soniya natija bilan 9-örinni egallab, final bosqiçiga yöllanma ololmadi.400 metrga yugurişda finalda Anjyela Belova 59,55 soniya natija bilan 8-örinni; nayza uloqtirişda Sanobar Erkinova42,04 metrnatija bilan 6-örinni; bolğa uloqtirişda Asalxon Muxtarova47,30 metrnatija bilan 4-örinni egalladi.Yana uç nafar sportçilarimiz 400 metrga tösiqlar bilan yuguriş turi böyiça qatnaşdilar. Qizlardan Sabina Umarova va Komila Yoqubova saralaş bosqiçida öz guruhlarida mos ravişda 1.05.05 va 1.06.05 daqiqa bilan 2- va 3-natijani körsatib, final bosqiçiga yöl oldilar. Öğil bolalardan Şohruh Baratov 55,71 soniya natija qayd qilib, final bosqiçiga yöl olişga muvaffaq böldi.