Keça Germaniya kansleri Angela Merkel Ikkinçi Jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan marosimlarda iştirok etiş uçun Moskvaga taşrif buyurdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Noma'lum askar qabri poyiga gulçambar qöydi, şuningdek, qahramon şaharlar xiyobonidan ötdi. Şundan söng ikki davlat rahbari özaro muloqot olib borişdi.

Germaniyaning Der Spiegel naşrida yozilişiça, ular tarjimonlarsiz suhbat olib borgan: “Ular örtasida jonli suhbat bordi. Tarjimonlar yöq edi – Putin nemis tilini, Merkel esa rus tilini bilişadi”.
Uçraşuv çoğida Putin Rossiya Germaniyaga qarşi emas, millatçilikka qarşi kuraşganini, Germaniyaning özi bu illatning birinçi qurboni bölganini ta'kidlab ötdi. Öz navbatida, Merkel xonim Germaniya Ikkinçi Jahon uruşini boşlaşdagi javobgarligini heç qaçon unutmasligini ta'kidlab ötdi.

Bundan taşqari, Germaniya yetakçisi Rossiya va Yevropa Ittifoqi iqtisodiy makonlarini özaro yaqinlaştiriş imkoniyati borligini eslatib ötdi.
Ekspertlarning fikriça, oxirgi paytlarda Ukraina masalasi tufayli Yevropa va Rossiyaning munosabatlari yomonlaşganiga qaramay, uning Germaniya bilan aloqalari iliqligiça qolmoqda. Merkel xonim ham, murakkab vaziyatda öziga xos yeçim topib, Moskvaga 10 may kuni taşrif buyurdi. Bu bilan u ham Yevropa davlatlarining, ham Rossiyaning könglini topişga harakat qildi.

Şunday bölsa-da, Putin bilan Merkelning muloqoti dolzarb taşqi siyosiy masalalarning jiddiy muhokamasi bölmadi. Mutaxassislarning fikriça, davlat rahbarlari şunçaki navbatçi tartibda fikr almaşgan.