11 may kuni Özbekistondagi ilk Reklama va dizayn maktabi ma'ruzalari uçun qabul boşlanadi. “Gazeta.uz”ning xabar berişiça, bu maktabda asosiy yönalişlar böyiça bilimlar oliş va öz işining ustalari bilan muloqot qiliş mumkin böladi.

Ikki haftalik “Reklama” va “Dizayn” kurslari (1-12 iyun kunlari davomida) sakkiz ma'ruzadan iborat va har kuni bitta ma'ruza tinglovçilar e'tiboriga havola etiladi.

Ma'ruzalar media rejalaştiriş, internet-marketing, kopirayting, SMM, integratsiyalaşgan reklama kampaniyalarini ötkaziş, firma uslubi va qadoği dizayni, tipografika va reklama dizayni asoslari, illyustratorda işlaş sirlari va boşqalarni qamrab oladi.

Ma'ruzaçi sifatida kreativ va reklama agentliklari, şuningdek, Toşkentdagi dizayn-studiyalarning mutaxassislari va rahbarlari çiqiş qiladi. Maktabga uning saytida yoziliş mumkin (ma'ruzaga kiriş – pullik).