Rossiyalik işlab çiqaruvçilar yuridik şaxslarga özlarining “Elbrus-401” kompyuterlarini 200 ming rubldan sotişayotgan bir paytda, Kaliforniyada joylaşgan Next Thing Co. kompaniyasi muhandislari narxi 9 dollar turadigan mitti kompyuter işlab çiqişdi (joriy kurs böyiça 450 rubldan sal köproq). Bu “mittivoy” C.H.I.P. deb ataladi va özining platasida inson qayerda bölişidan qat'iy nazar, özi uçun zarur bölgan dasturlar bilan foydalana oladigan barça zarur qismlarga ega.

Arduino va Raspberry Pi kabi mikrokontrollyorlar kompyuter txtiroçilari orasida juda ommaviylaşib ketdi. Ular bu mikrokontrollyorlar negizida yangidan-yangi qurilmalar yaratişmoqda. Biroq bu mikrokompyuterlarning narxi 35-40 dollardan köproqni taşkil qiladi. Ular oldida C.H.I.P. deyarli bepul taklif qilinmoqda. Bu mittivoy özidan nimani namoyon qiladi?

C.H.I.P. 1 GGts takt çastotasida işlovçi markaziy protsessor, 512 Mb tezkor xotira va operatsion tizim, dasturlar va ma'lumorlar uçun 4 Gb xotiradan taşkil topgan. Mikrokontrollyorda, şuningdek, 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.0 simsiz aloqa moduli, USB va microUSB portlari, tasvir va ovozni çiqariş uçun portlar örnatilgan. Plataning ölçami bor-yöği 6 sm ga 4 sm ni taşkil qiladi.

Bu mikrokontrollyorga qöşimça sifatida VGA (10 dollar) yoki HDMI (15 dollar) portlari orqali tasvirni çiqariş taşqi adapterini sotib oliş mumkin. Şuningdek, C.H.I.P. ni tölaqonli çöntak kompyuteriga aylantirişga imkon beradigan kiçik displey va klaviaturaga ega PocketC.H.I.P. gadjyetini ham sotib oliş mumkin. Bu gadjyet korpusida 5 soat uzluksiz ravişda işlaşga yetadigan içki akkumulyator örnatilgan.

C.H.I.P. open source operatsion tizimi ostida işlaydi. Mikrokontrollyor avvalboşdan öz xotirasida köplab foydali dasturlar (Chromium brauzeri, LibreOffice ofis paketi, GIMP grafik muharriri va boşqa) va öyinlar saqlaydi. Mikrokontrollyor komplektiga foydalanuvçi agar istasa yangi dasturlarni işlab çiqişiga imkon beradigan dasturiy ta'minot ham kiritiladi.

Kompyuter yaratuvçilari Kickstarter maydonçasida uşbu kompyuterni ommaviy ravişda işlab çiqiş uçun talab qilingan 50 ming dollar örniga ança köproq mablağ, ya'ni 130 ming dollar yiğişga muvaffaq bölişdi. Körinişiça, arzon mikrokompyuter ğoyasi Kickstarter ning qariyb 3 minga yaqin foydalanuvçilariga manzur bölganga öxşaydi. Ilk kompyuterlar xaridorlarga 2016 yil mayidan boşlab yuboriladi, ungaça esa işlab çiqaruvçilar mavjud işçi prototip ustidagi işlarni oxiriga yetkazib, unga qöşimça dasturiy ta'minotni yaratişlari kerak böladi.