Joriy yilning 11 may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining majlsilar zalida Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimiga kiruvçi vazirlik va idoralar vakillari iştirokida hay'at yiğilişi bölib ötdi.

Hay'at yiğilişini Favqulodda vaziyatlar vaziri T.Xudaybergenov kiriş sözi bilan oçib berdi. Yiğilişda Favqulodda vaziyatlar vazirning birinçi örinbosari K.Aripov, şuningdek, Soğliqni saqlaş, Qişloq va suv xöjaligi vazirliklarining mas'ul vakillari hamda boşqa bir qator mutaxassislar özlarining ma'ruzalari bilan iştirok etişdi.

Tadbirda, 2015 yilning birinçi çoragida amalga oşirilgan işlar hamda ikkinçi çorakda bajariladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, birinçi çorak mobaynida Fuqaro muhofazasi institutida 308  nafar, hududiy Favqulodda vaziyatlar boşqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlaş markazlari tomonidan 9420 nafar turli toifadagi rahbarlar aholi tinçligi va muhofazasini ta'minlaş maqsadida qayta tayyorgarlikdan ötkazildi.

Şuningdek, vazirlikka fuqarolardan 300dan ortiq ariza va şikoyatlar kelib tuşgan bölib, ularning barçasi örganib çiqildi va vazirlik vakolati doirasida amaliy yordam körsatildi.

Qolaversa, hududiy Favqulodda vaziyatlar boşqarmalarining Avariya-qutqaruv otryadlari tomonidan aholiga yordam körsatiş va muhofaza qiliş böyiça jami 700dan ortiq çiqişlar amalga oşirilib, fuqarolarga yaqindan yordam körsatildi.

FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari boşqaruv organlari, kuç va vositalarining tayyorgarligini oşiriş maqsadida, respublika böyiça jami 7 ta qömondonlik-ştab, 76 ta maxsus-taktik öquv maşqlari ötkazilib, asosiy e'tibor öquv maşğulotlarining sifatli ötkazilişi va rahbar xodimlarning könikmalarini takomillaştirişga qaratildi. öquv maşqlarida jami 32165 nafar kişi öqitilib, 1347ta maxsus texnikalar jalb etildi.

Şu bilan bir qatorda, çorak davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 13ta xalqaro anjumanlarda iştirok etişdi, şundan 3tasi çet elda bölib, mazkur anjumanlarda iştirok etgan vazirlik xodimlari, favqulodda vaziyatlarni oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etiş sohasidagi çet el mamlakatlari tajribalarini tizim faoliyatiga tadbiq etişni ta'minlaşdi.

Ta'kidlaş joizki, 2015 yilning birinçi çoragi davomida favqulodda vaziyatlarni oldini olişga qaratilgan sa'y-harakatlar evaziga 2014 yilning birinçi çoragida sodir bölgan favqulodda vaziyatlar soniga nisbatan 10 foizga kamaytirişga erişildi.