Qatar poytaxti Doha şahrida yengil atletika böyiça yoşlar örtasida ötkazilayotgan Osiyo çempionatida 11 mayda sönggi kun bahslari bölib ötdi.
Aleksandra Yurkevskaya va Viktoriya Dirdin bu bahslar söngida bronza medallariga ega çiqişdi.
Yettikuraş böyiça ötkazilgan final bahsida Aleksandra Yurkevskaya 4629 oçko töpladi hamda uçinçi örinni egalladi. Bu bahslarda qatnaşgan yana bir özbekistonlik sportçi Farida Madiyarova esa 3742 oçko bilan beşinçi böldi.
Uç hatlab sakraş sektorida qatnaşgan Viktoriya Dirdin ham 12.34 ball körsatkiçi bilan uçinçi örinni egalladi.
400 metr masofaga tösiqlar oşa yuguriş bahslarida ham erkaklar va ayollar örtasida final bahslari ötkazildi. Mazkur musobaqalarda Özbekiston şarafini Komila Yakubova, Sabina Umarova va Şohruh Baratov himoya qilişdi. Sabina Umarova 1.03,33, Komila Yakubova 1.04,18 gatijalari bilan törtinçi va beşinçi örinlarda kelişdi. Şohruh Baratov sakkizinçi böldi.
Jaloliddin Hamroqulov 200 metr masofaga yuguriş musobaqasining hal qiluvçi final bosqiçida startga çiqdi va 22,46 natijasi bilan beşinçi bölib keldi.






