AQŞning eng yirik telekommunikatsion kompaniyalaridan biri Verizon Communications Inc. 4,4 mlrd dollarga AOL mediakompaniyasini xarid qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Uşbu bitim kompaniyaning reklama bozoridagi mavqeini mustahkamlaydi hamda videokontent bozoridagi raqobatbardoşligini oşiradi.

AOL kompaniyasi Huffington Post, TechCrunch, Engadget va boşqa brendlarga egalik qiladi.

Verizon kompaniyasi AOL ning har bir aksiyasi uçun 50 dollar tölaydi, bu esa 11 maydagi savdolar paytida AOL aksiyalariga taklif qilingan narxdan 15 foiz köproqni taşkil qilmoqda.

Ma'lumot uçun, AOL AQŞning yirik mediakompaniyasi bölib, onlayn-xizmatlar yetkazib beruvçisi, elektron e'lonlar taxtasi, dunyoda ommaviyligi böyiça 6-raqamli qidiruv tizimi, Bebo ijtimoiy tarmoği egasi hisoblanadi.