Android One dasturining ta'siri borgan sari kengayib bormoqda: Turkiyada 15 maydan sotuvga çiqariladigan General Mobile 4G smartfoni namoyiş qilindi.

Android One dasturining ğoyasi Android operatsion tizimida işlaydigan arzon uyali telefonlar yaratişda işlab çiqaruvçilarga yordam berişdan iborat. Buning uçun Google kompaniyasi keyinçalik boşqa kompaniyalar özlarining qurilmalarida asos sifatida foydalanişlari mumkin bölgan etalon platformalar yaratadi.

Hozirgaça Android One qurilmalari ançagina örta miyona körsatkiçlarga ega edi. Bunday qurilmalar odatda 854 × 480 piksel körsatiş qobiliyatiga ega 4,5 dyuymli ekran, 4 ta yadroga ega MediaTek protsessori, 1 Gb tezkor xotira hamda 4 yoki 8 Gb li fleş-xotira bilan jihozlanardi.

General Mobile 4G hozirgi kunda Android One smartfonlari içida eng quvvatlisi hisoblanadi. Yangi qurilma 4 ta ARM Cortex A53 yadrosiga ega 64 bitli Qualcomm Snapdragon 410 protsessori va Adreno 306 grafik kontrollyori asosida yaratilgan. Qurilmaning tezkor xotirasi 2 Gbni, fleş-xotirasi 16 Gb ni taşkil qiladi.

Şuningdek, smartfon 1280 × 720 pikselli 5 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan. Ekran taşqi ta'sirlardan Gorilla Glass 4 oynasi bilan himoyalangan. Smartfonning old qismida selfi işqibozlari uçun 5 Mp li kamera, orqa tomonida esa svetodiodli vspişkaga ega 13 Mp li asosiy kamera örnatilgan.

Smartfonga ikki yil içida yangilanib turilişi kafolatlangan Android 5.1.1 operatsion tizimi örnatilgan. 4-avlod LTE mobil tarmoqlarida işlaşni qöllab-quvvatlaydi.

Mobile 4G ning narxi 260 dollarga yaqinni taşkil qilişi taxmin qilinmoqda, bu esa avvalroq işlab çiqarilgan, 100-110 dollarga taklif qilinayotgan Android One qurilmalaridan ança qimmatroq narxni taşkil etadi.