AQŞning Garvard universiteti laboratoriyasida qozoğistonlik olim Arqat Abjanov va çikagolik tadqiqotçi Bxart-Anjan Bxullar dinozavr qiyofasiga ega yirik embrion yaratişga muvaffaq böldi. Quşning tumşuği velotsiraptor oğziga öxşaydi.
Bnews.kz naşrining yozişiça, olimlar gen muhandisligi yöli bilan mutantlar yaratib, şu orqali evolyutsiya jarayonining ayrim tafsilotlarini, jumladan, molekulyar darajada tumşuq şakllanganini kuzatişga harakat qilgan.
Ma'lumki, qazilma topildiqlarni örganiş natijasida quşlar dinozavrlardan kelib çiqqan degan ğoya şakllandi. Taxmin qilinişiça, dinozavrlarning old oyoqlari uçişga moslaşgan qanotlarga aylana boşlagaç, ularning örnini bosiş va yerdan oziq-ovqat teriş uçun oğiz tumşuqqa aylana borgan.
Mana şu taxminlarni ilmiy tajriba yöli bilan qiyoslab köriş uçun ikki olim boşçiligidagi guruh quşlar va örmalovçilar embrionlarini qiyoslab kördilar. Ularning oqsil sintezi tizimida ham, DNKlarida ham jiddiy farqlar borligi aniqlandi.
Arqat Abjanovning ta'kidlaşiça, ular hali quşlar genlariga özgartiriş kiritib, örmalovçilarnikiga yaqinlaştirişning uddasidan çiqa olmagan. Faqatgina mana genlarni işlab çiqaradigan oqsillarga ma'lum özgartiriş kiritişga muvaffaq bölingan.






