IBM korporatsiyasi muhandislari tomonidan yaratilgan Watson superkompyuteri unga yangi bölgan yönalişga – soğliqni saqlaşga qaratildi. Endilikda superkompyuter saratonga uçragan bemorlar uçun eng samarali dorilar töplamini topiş va hisoblab çiqiş uçun saraton ösimtalarini tahlil qilişda yordam beradi.

Superkompyuterdan uşbu maqsadda foydalaniş AQŞning personallaştirilgan tibbiyotni rivojlantiriş dasturining bir qismi hisoblanadi. Onkologik kasallik irsiy mutatsiya oqibatida yuzaga keluvçi, özidan nazorat qilib bölmaydigan hujayralar ösişini namoyon qiladi. Olimlar aynan qanday mutatsiya saratonga sabab bölganini aniqlay olsalar, unda bu kasallikni ança samaraliroq davolaş mumkin böladi.

Bunda asosiy muammo DNKni sekvenerlaşda (DNKning aminokislotik yoki nukleotid ketma-ketligini aniqlaş) katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta işlaş zarurligidan iborat. Bu vazifani oddiy kompyuterlar eplay olmaydi, çunki minglab irsiy mutatsiyalardan kasallikning kelib çiqişiga sababçi bölganini aniqlaş katta hisob-kitoblarni talab qiladi. Bu vazifani faqatgina superkompyuter bajara olişi mumkin.

Onkologlar Watson’ning quvvati katta hajmdagi ma'lumotlar muammosini hal qilişga yordam beradi, deb umid bildirmoqdalar. Kompyuterga DNK nusxalari yuklanadi, söngra kompyuter olingan ma'lumotlar içidan saratonning kelib çiqişiga sababçi bölganini qidirişni boşlaydi. Kompyuter xotirasiga avvaldan turli klinik sinovlar va tasdiqlangan dorilar böyiça ma'lumotlar kiritilgan böladi. Kerakli mutatsiya aniqlangandan keyin, Watson u yoki bu dori-darmonlar bilan davolaşning barça kombinatsiyalarini qidirişni boşlaydi. IBM dasturçilari superkompyuterni bunday vazifalarni bajara olişga tayyorlaşlari uçun yarim yildan köproq vaqt sarflaşdi.

Hozirça bir narsa noaniqligiça qolmoqda: tibbiyot muassasalari IBM’ning bu xizmatlari uçun qança tölaşi kerak böladi va superkompyuterning quvvati barça istovçilarga yetmasligi hisobga olinsa, u qança bemorlarga yordam bera olişi mumkin böladi?

Ma'lumot uçun, IBM Watson superkompyuteri sun'iy intellektning savol-javob tizimi bilan jihozlangan. Kompyuter Devid Feruççi rahbarligidagi tadqiqotçilar guruhi tomonidan yaratilgan. Watson’ning asosiy vazifasi tabiiy tilda berilgan savollarni tuşunib, ularga ma'lumotlar bazasidan javob berişdan iborat. Kompyuter IBM korporatsiyasining asosçisi Tomas Uotson şarafiga uning nomi bilan atalgan.
Watson kompyuteri har biri törtta sakkiz yadroli POWER7 arxitekturasiga ega protsessorlar bilan jihozlangan 90ta IBM p750 serveridan taşkil topgan. Super kompyuterning umumiy tezkor xotirasi 15 terabaytdan köproqni taşkil qiladi.