Özbekistonda 65 turdagi, jumladan, davlat statistika, moliyaviy va soliq hisobotlari bekor qilindi. 23 turdagi statistik va 12 turdagi soliq hisobotlarining birlaştirilişi hisobiga ularning soni kamaytirildi, ularni taqdim qiliş muddati esa uzaytirildi. Endilikda mikrofirmalar davlat statistikasi böyiça hisobotlarni avvalgidek bir yilda 4 marta emas, balki bir marta, fermer xöjaliklari esa 5 marta örniga 3 marta hisobot topşiradilar.

Özbekiston Prezidentining “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat beriş tartib-taomillarini tubdan qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi va “Işbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxşilaş va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik beriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlariga muvofiq,  12 turdagi hisobotga özgartirişlar kiritildi. Har oy taqdim qilinadigan 7 turdagi hisobot endilikda har çorakda, çoraklik hisobotlar esa yil oxirida taqdim qilinadi.    

Mavsumiy hisobotlar mavsum boşida va oxirida taqdim qilinişi kerak. Bundan taşqari, joriy yildan boşlab tadbirkorlar barça turdagi hisobotlarni faqatgina elektron körinişda taqdim qilişlari kerak.

Agar avvallari endi iş boşlayotgan tadbirkorlar statistika muassasalariga murojaat qilganlarida javobni 8 soat davomida kutgan bölsalar, endilikda buning uçun ularga 4 soat vaqt talab etiladi.