Zamonamizning maşhur boksçilaridan biri, filippinlik Menni Pakyao özining faoliyati nihoyalaşga yaqin turganini tan oldi.

“Hozirda men bor e'tiborimni yelkamning tuzalib ketişiga qaratganman. Yelkamning tuzalişiga qarab, faoliyatimni davom ettiriş yoki tugatiş haqidagi qarorni e'lon qilaman. Men sportdan ketişim haqida gapirmayapman, lekin bunga yaqin turibman. Hozirda men 36 yoşdaman, dekabrda esa 37 yoşga kiraman”, deb aytdi sportçi.

Ma'lumot uçun, Pakyao 2 mayda Las-Vegasning MGM Grand mehmonxonasida AQŞlik Floyd Meyvezerga qarşi ötkazgan jangida oçkolar böyiça imkoniyatni boy bergan edi. Hakamlar bir ovozdan, 118-110, 116-112, 116-112 oçkolar nisbati bilan yutuqni Meyvezerga berişdi. Jangdan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida Pakyao jangga tayyorlaniş paytida sparringlarda öng yelkasini jarohatlaganini ma'lum qilgandi.