Biologlarning fikriça, paşşa miyasida öziga xos tuğma kompas mavjud. Bu bir guruh neyron bölib, paşşaning yönaliş tanlaşiga javob beradi. Uşba tadqiqotga bağişlangan maqola Nature jurnalida çop etildi.

Köpgina jonivorlarning miyasida şunga öxşaş içki kompas bor; uning yordamida jonivorlar u yerdan bu yerga köçib yuradi, ovqat qidiradi va h.k.
Bunday tizimning paşşalarda ham bor-yöqligini aniqlaş uçun olimlar ularni maxsus makonga joylaştirib, miya faoliyatini örganib çiqişdi. Natijada paşşa miyasining ellipssimon bölinmasida kompas vazifasini bajaruvçi neyronlar joylaşgani aniqlandi.