Oliy Majlis yuqori palatasi yiğilişining kun tartibiga Ixtiyor Abdullayevni respublika boş prokurori qilib tayinlaş töğrisidagi prezident farmonining muhokamasi kiritildi.
Özbekiston qonunçiligiga muvofiq, boş prokuror prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Prezidentning bu boradagi farmonlari Senat tomonidan körib çiqiladi.
Prezident maslahatçisi lavozimida işlab kelgan Ixtiyor Abdullayev 20 aprel kuni Raşidjon Qodirovning örniga boş prokurorlikka tayinlandi. 2000 yil fevralidan buyon uşbu mansabni egallab turgan Qodirov vakolatining konstitutsion muhlati tugagani bois öz örnini Abdullayevga böşatib berdi.






