42 yoşli Jey Di Vens AQŞ prezidenti jamoasidagi eng közga köringan siyosatçilardan biri. Iroqda xizmat qilgan Vens 2023-yilda Trampni “xorijiy uruşlarga kirmaydi”, deb qöllab-quvvatlagandi. U 2023–2025-yillarda AQŞning Ohayodan saylangan senatori ham bölgan. U 2025-yil yanvarida esa AQŞ vitse-prezidenti lavozimini egallagan.

New York Times'ning yozişiça, AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruşni 2026-yil 28-fevralda boşlaşi arafasida Vens yopiq doiralarda unga qarşi çiqqan. Aprel oyida esa The Atlantic jurnali Vens Pentagon prezidentga uruş haqida töğri maʼlumot berayotganiga şubha bildirganini yozgandi. Öşanda Vens Pokistonda eronliklar bilan muzokara ham olib borgan, biroq kelişuvga erişilmagan.

Ommaviy maydonda esa Vens odatda Trampni qöllab-quvvatlab kelgan. U hatto 3-sentabrda Oq uyda jurnalistlarga “Men buni uruş deb atamagan bölardim”, degandi. Respublikaçilarning saylovdagi mağlubiyati esa uning ohangini keskin özgartirdi.

Vens nimalardan norozi va nima taklif qildi?

3-noyabr kuni bölib ötgan saylovda demokratlar Kongressning har ikki palatasi ustidan nazoratni qölga kiritdi. Vensning asosiy ayblovi bitta: respublikaçilarning mağlubiyatiga uruş sababçi. U 4-noyabr kuni eʼlon qilgan uzun postida bu fikrni bir neça bor takrorladi.

“Biz uruş sababli yutqazdik. Prezidentning özi ham keça keçqurun şunday dedi”, deb yozdi Vens.