Toşkent, Özbekiston. AD Ports Group va HYT Capital Özbekiston korxonalarining eksport imkoniyatlarini kengaytiriş, logistika xarajatlarini kamaytiriş hamda mamlakatni mintaqaviy savdo va logistika xabiga aylantiriş maqsadida qöşma korxona (JV) taşkil etdi. Uning ustuvor yönalişlari milliy raqamli savdo platformasini işlab çiqiş, xalqaro transport koridorlarini rivojlantiriş hamda yuklarni birlaştiriş, saqlaş, qayta işlaş va taqsimlaş infratuzilmasini yaratişdan iborat.
Qöşma korxona faoliyatining asosini eksport va import yuk taşuvlarini muvofiqlaştirilgan holda taşkil etiş taşkil qiladi. Içki logistika markazlari yuklarni tayyorlaş va qayta işlaşni, xalqaro yönalişlar dengiz portlari va sotuv bozorlariga çiqişni, raqamli platforma esa iştirokçilar faoliyatini muvofiqlaştiriş, hujjatlar almaşinuvi va yuklar harakatining şaffofligini taʼminlaşi kerak. Bunday model taşqi savdoning umumiy xarajatlarini kamaytiriş va yetkazib beriş işonçliligini oşirişga qaratilgan.
Farook Al Zeer, AD Ports Group logistika klasteri raisi:
«Özbekiston Markaziy Osiyoning savdo oqimlarini xalqaro bozorlar bilan boğlovçi muhim markazga aylaniş salohiyatiga ega. HYT Capital bilan hamkorlikda portlar, logistika va raqamli xizmatlarni rivojlantiriş borasidagi tajribamizni yagona yetkazib beriş tizimini şakllantirişga yönaltiriş imkoniyatini körmoqdamiz. Içki terminallar, transport koridorlari va dengiz yönalişlarini özaro boğlaş biznes uçun imkoniyatlarni kengaytiriş, yuk taşiş işonçliligini oşiriş va savdoning barqaror ösişi uçun şaroit yaratişga xizmat qiladi».
Taşqi savdo uçun raqamli platforma
Raqamli platforma eksportyorlar, importyorlar, taşuvçilar, terminallar va davlat xizmatlarini yagona hamkorlik muhitida birlaştirişga qaratilgan. Uning konsepsiyasi elektron hujjat aylanişi, yuk taşuvlarini taşkil etiş, yuklarning holati töğrisidagi maʼlumotlar almaşinuvi va tovar oqimlari tahlilini nazarda tutadi. Bu biznes uçun hujjatlarni tayyorlaş va yönalişni tanlaşdan tortib, yukni qabul qiluvçiga yetkazib berişgaça bölgan barça bosqiçlarda jarayonlarni soddalaştirişi kerak.
Amaldagi davlat axborot tizimlarini, jumladan, «Yagona darça» xizmatlarini tijorat savdo va logistika yeçimlari bilan integratsiya qiliş rejalaştirilmoqda. Bunday integratsiyaning asosiy vazifasi maʼlumotlarni takroran kiritiş zaruratini kamaytiriş, axborot almaşinuvini tezlaştiriş va jarayonlarning oldindan prognoz qilinişini yaxşilaşdan iborat. Platformani işlab çiqişda tijorat maʼlumotlarini himoya qiliş, foydalaniş huquqlarini çegaralaş va maʼlumotlar ustidan milliy nazoratni saqlaş asosiy tamoyillar böladi.









