Sergeli tumanida keksa ayol öz öğlining pulini öğirladi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Yozilişiça, 75 yoşli Munisa Rahmonova kiçik öğli bilan birga istiqomat qilgan. Bir kuni uydan çiqib, yöl-yölakay katta öğlining uyiga kirgan. Öğli va kelini işga, bolalar maktabga ketgan. Uyda yolğiz qolgan Munisa aya öğli va kelinining yotoqxonasiga kirib, divandagi matras ostidan 3 500 dollar topib olgan. Eski kiyimlar taxlangan joydan yana 16 000 dollar topgan. Bu pullarni u çöntagiga solib qöygan.
Ertasi kuni öğli Abduhamid pullar yöqolganini aniqlagan. Buni eşitgan rafiqasi Visola xastalanib qolgan. Onasidan gumonsiragan Abduhamid huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Tergov işlari olib borilayotgan paytda Munisa Rahmonova öz qöli bilan 19 500 dollarni huquqni muhofaza qiliş idorasiga olib kelib topşirgan.
“Kelinimning esini kiritib qöyiş uçun şu işga qöl urdim”, – deb öz xatti-harakatlarini tuşuntirgan keksa ayol.






