Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan Uluğbek Muhammadiyev Oliy Majlis inson huquqlari böyiça vakili lavozimiga saylandi.

Kun’ning aniqlik kiritişiça, Muhammadiyev bu lavozimda 1995 yildan buyon işlab kelgan Sayyora Raşidovaning örnini egallagan.

Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joizki, Uluğbek Muhammadiyev 1971 yilda tuğilgan bölib, 1993 yilda Toşkent davlat universitetini tamomlagan, siyosiy fanlar nomzodi sanaladi. Şuningdek, u Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasining fraksiyasi a'zosi hisoblanadi.