18–24-oktabr kunlari Yaponiyaning Aiçi prefekturasi va Nagoya şahrida ötkazilgan V Para Osiyo öyinlarida özbekistonlik sportçilar 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medalni qölga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Xitoy birinçi, Yaponiya ikkinçi va Özbekiston uçinçi örinni egalladi.
Özbekiston Para Osiyo öyinlari tarixida ilk bor umumjamoa hisobida kuçli uçtalikka kirdi. Bunga qadar eng yaxşi natija 2014-yilda Janubiy Koreyada ötkazilgan musobaqada qayd etilgan bölib, özbekistonlik parasportçilar 5-örinni egallagan edi.
Özbekiston delegatsiyasi musobaqalarda sportning 11 ta turi böyiça 149 nafar sportçi bilan iştirok etdi. Özbekistonlik paraatletlar bir neçta rekordlarni ham örnatdi.













