AQŞ Fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi Vaşingtonda dronlarni uçiriş rasman taqiqlab qöyilganligi uçun sayyohlarga öz dronlarini uylarida taşlab kelişni tavsiya qiluvçi bayonotni çop etdi.

Şahar va unga yondoş hududlar “dronlardan holi hudud” deb e'lon qilindi.

“Vaşingtonga taşrifingizdan zavqlaning. Oilangiz bilan keling, kamera va quyoşdan saqlovçi kremdan köproq oling. Biroq dronlaringizni uyda qoldirişingizni söraymiz”, deyiladi xabarda.

Bu çoralar 11 sentabr voqealari hamda Kolumbiya okrugida istalgan parvoz qurilmalarining, şu jumladan uçuvçisiz parvoz qurilmalarining ruxsatsiz parvozlarni amalga oşirişini taqiqlaş bilan boğliq holda qabul qilindi.

Avvalroq Oq uy oldida dron uçirmoqçi bölgan şaxs qölga olingani ma'lum qilingandi.